Новости Уз
		<language>ru</language>
Ming yuzli qahramon
			<description>Alpomish bilan Supermenni nima birlashtirib turadi? Albatta, ularning ikkalasi ham juda kuchli qahramonlar, insonlar hayotini qutqarish, olamni yaxshiroq qilish va shunga o‘xshash juda muhim narsalar bilan band.</description>
Ming yuzli qahramon
SSSR reklamalar
			<description>Zamonaviy O‘zbekiston tarixida juda ko‘p «klassik» reklamalar bor — «Kango qani, Kango?» kabilardan tortib, o‘sha mashhur Nexia reklamasigacha</description>
SSSR reklamalar
Shtorming sirlari
			<description>Kreativ direktordan maslahatlar</description>
Shtorming sirlari
Surxondaryo
			<description>Faraz qiling — bir turist oldingizga kelib, «O‘zbekistonning qayerlariga borishim shart?» deb savol bersa, nima deysiz?</description>
Surxondaryo
Kreativ agentlikda ish boshlayotganlar uchun 10 ta muhim maslahat
			<description>Timofey Pozdeev kreativ reklama sohasida endigina ish boshlayotganlar uchun foydali maslahatlar ro‘yxatini tuzib chiqqan. </description>